New bus routes in the master plan for the development of transport and road infrastructure of the city of Fergana

2025-09-26

Kirish qismi. Farg‘ona shahrida transport harakatini samarali tashkil etish va yo‘lovchilarga qulay sharoit yaratish bugungi kunda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Shahar markazidagi yirik chorrahalarda, jumladan, Vatan ravnaqi ko‘chalari – Kichik xalqa yo‘li kesishmasida avtomobil oqimining yuqoriligi jamoat transportiga bo‘lgan talabning keskin ortib borayotganini ko‘rsatmoqda. Kun davomida Farg‘ona shahridan o‘rtacha 70–80 mingta avtomobil harakatlanishi natijasida tirbandliklar yuzaga kelmoqda, bu esa aholining qulay va muntazam jamoat transporti xizmatiga bo‘lgan ehtiyojini yanada kuchaytirmoqda. Shu boisdan, ilmiy asoslangan yechimlar ishlab chiqish shahar hayotining sifatini yaxshilash uchun muhimdir.

Assosiy qism 2023–2024-yillarda Farg‘ona davlat texnika universiteti olimlari, professor-o‘qituvchilari va talabalaridan iborat ilmiy guruh tomonidan shahar transport oqimi chuqur o‘rganildi. Kuzatuvlar davomida Qirg‘uli tomondan bir kunda 17 500 ta, Beshbola tomondan 12 300 ta, Markaz tomondan 15 200 ta va boshqa kirish yo‘nalishidan 13 500 ta avtomobil kesishmaga kirib kelishi aniqlangan. Ushbu ma’lumotlar shahar transport tizimining mavjud yuklamasi va kelgusida jamoat transportini rivojlantirish zaruratini yaqqol ko‘rsatdi.

Shu asosda, Farg‘ona shahrining transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh rejasiga muvofiq 17 ta yangi avtobus yo‘nalishlari ishlab chiqildi. Mazkur yo‘nalishlar aholining ko‘p harakatlanadigan hududlarini birlashtirish, tirbandlikni kamaytirish va jamoat transportidan foydalanish imkoniyatini kengaytirishga qaratilgan. Yo‘nalishlar brutto-shartnomasi asosida bosqichma-bosqich joriy etilishi belgilangan bo‘lib, har bir hududdagi yo‘lovchi oqimi, bekatlar joylashuvi va transport oqimining taqsimlanishi hisobga olingan.

Natija va xulosa. Ilmiy tadqiqotlar natijasida ishlab chiqilgan 17 ta yangi avtobus yo‘nalishi Farg‘ona shahrining transport tizimida tub burilish yasashi kutilmoqda. Natijada shahar aholisi muntazam, qulay va ekologik jihatdan samarali transport xizmatidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu tashabbus barqaror rivojlanish strategiyasining muhim qismi bo‘lib, nafaqat yo‘lovchilar uchun qulaylik, balki shahar infratuzilmasi va ekologik muhitni yaxshilashga ham xizmat qiladi.

back