Bugun Farg‘ona davlat texnika universiteti Energetika fakultetining 4-bosqich bitiruvchi talabalari ishtirokida Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi xodimlar bo‘limi boshlig‘i Ulug‘bek Madmusayev bilan uchrashuv tashkil etildi

2025-04-25

Tadbir davomida bitiruvchi talabalarning kelajakdagi ish joylari va malakaviy tajribalarini oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi. Uchrashuv talabalar o‘rtasida, malakaviy amaliyot va bandlik masalalariga bag‘ishlandi.
Shuningdek, talabalar uchun amaliyot o‘tash jarayonlarini takomillashtirish hamda bandlik masalalarini yengillashtirish maqsadida, mutaxassis tomonidan tajribalar asosida ma’lumot va tushunchalar berib o'tildi.
Uchrashuv yakunida, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob olishdi.

https://t.me/fstu_uz/14795

ortga